Navbatchi AI

Telegram va Instagram uchun AI sotuvchi

Kechasi ham sotadigan AI sotuvchi

Navbatchi AI Telegram va Instagram'dagi mijozlaringizga 5 soniyada javob beradi, mahsulotni topib, rasmini yuboradi va buyurtmani tayyor holda sizga jo'natadi. O'zbek (lotin va kirill) va rus tilida.

Karta kerak emas · 10 daqiqada ulanadi · Istalgan vaqtda to'xtatish mumkin

Dilnoza Style

onlayn

23:47

23:00 → 09:00

Kechasi yozgan mijoz ertalabgacha kutadi — va ko'pincha boshqa do'kondan oladi.

50+

"Narxi qancha?", "razmer bormi?", "dostavka bormi?" — kuniga o'nlab bir xil savollar.

Daftar

Buyurtma, telefon va manzillar chatlarda yo'qoladi, qo'lda yoziladi.

10 daqiqada ishga tushadi

Dasturchi kerak emas. Hammasini o'zingiz sozlaysiz — yoki biz bepul sozlab beramiz.

  1. 1

    Katalogni yuklang

    Excel shablon yoki qo'lda: nomi, narxi, razmer, rang, qoldiq, rasm. Manzil, yetkazib berish va to'lov usullarini yozing.

  2. 2

    Telegram va Instagram'ni ulang

    Telegram Business — bir necha bosishda, Instagram — bitta tugma bilan. Mijoz bot bilan emas, do'koningiz akkaunti bilan gaplashayotgandek his qiladi.

  3. 3

    Buyurtmalarni oling

    AI savollarga javob beradi va buyurtmani rasmiylashtiradi. Sizga Telegram'da tayyor buyurtma keladi: tarkib, summa, telefon, manzil.

Oddiy chatbot emas — savdoga ixtisoslashgan sotuvchi

🛒 Sotish rejimi

Mahsulotni topadi, rasm yuboradi, savatni yig'adi, ism-telefon-manzilni so'raydi va "Hammasi to'g'rimi?" deb tasdiqlatadi.

📞 Lid rejimi

Mijozni tanishtiradi va "to'liq ma'lumot uchun raqamingizni qoldira olasizmi?" deb so'raydi. Raqam darhol operatoringizga Telegram'da boradi.

📝 Vazifalar bering

"Avval yangi kolleksiyani tanishtir", "Samarqandga faqat pochta" — AI sizning ssenariy va qoidalaringiz bo'yicha ishlaydi.

🗣 O'zbek va rus tilida — ovozli ham

Lotin, kirill, rus, aralash yozuv va imlo xatolarini tushunadi. Ovozli xabarlarni tushunadi va o'zi ham ovoz bilan javob bera oladi.

🙋 Kerak paytda — odamga

Shikoyat, qaytarish, chegirma yoki "operator" so'ralsa, suhbat sizga o'tadi. Siz o'zingiz yozsangiz, AI jim turadi.

🔒 Narxni o'ylab topmaydi

Narx, qoldiq va yetkazib berish faqat katalogingizdan olinadi. Buyurtma summasi serverda qayta hisoblanadi.

Operator maoshidan bir necha barobar arzon

14 kun bepul. "Suhbat" — bitta mijoz bilan 24 soat ichidagi yozishma.

Start

149 000 so'm/oy

  • ✓ 300 suhbat/oy
  • ✓ 1 Telegram kanal
  • ✓ 300 tagacha mahsulot
  • ✓ Sotish va lid rejimlari
Bepul boshlash
Ommabop

Biznes

299 000 so'm/oy

  • ✓ 1 000 suhbat/oy
  • ✓ Telegram + Instagram Direct
  • ✓ 3 xodim, operatorlar guruhi
  • ✓ Ovozli xabarlar
Bepul boshlash

Pro

599 000 so'm/oy

  • ✓ 3 000 suhbat/oy
  • ✓ Cheksiz mahsulot
  • ✓ To'lov havolasi, aksiya xabarlari
  • ✓ Kengaytirilgan analitika
Bepul boshlash

Limit tugasa: +100 suhbat — 29 000 so'm. Yillik to'lovda 20% chegirma.

Ko'p beriladigan savollar

Telegram Premium kerakmi?

Telegram Business orqali botni ulash uchun Premium odatda talab qilinmaydi. Business ulay olmasangiz, do'koningiz uchun alohida bot havolasi orqali ham ishlaydi.

AI xato qilsa nima bo'ladi?

Narx va qoldiqni AI o'zi aytmaydi — faqat katalogdan oladi. Bilmagan savolni sizga uzatadi. Har bir suhbatni panelda ko'rib, istalgan paytda AI'ni to'xtatib, o'zingiz yozishingiz mumkin.

Instagram'da ishlaydimi?

Ha. Instagram professional (Business yoki Creator) akkauntingizni panelda bitta tugma bilan ulaysiz — AI Direct xabarlarga javob beradi. Instagram qoidasiga ko'ra mijozning oxirgi xabaridan keyin 24 soat ichida yozish mumkin.

Mijozlarim ma'lumoti xavfsizmi?

AI faqat joriy suhbatni ko'radi. Telefon raqamlar AI modeliga maskalangan holda yuboriladi. Ma'lumotlarga faqat siz va xodimlaringiz kirasiz.

Qanday to'layman?

Bepul sinovdan keyin Click, Payme yoki karta orqali oylik to'lov. Istalgan vaqtda to'xtatishingiz mumkin.

Bugun kechasi birinchi buyurtmani AI olsin

14 kun bepul sinash